Jizzax viloyati Arxiv ishi hududiy boshqarmasi
Natija yo'q
Barcha natijalarni ko'rish
Yakshanba, Mart 7, 2021
  • BOSH SAHIFA
  • BIZ HAQIMIZDA
    • ARXIV NIZOMI
    • RAHBARIYAT
    • SHAXSIY TARKIB HUJJATLARI MA’LUMOTLAR BAZASI
    • BOSHQARMA REGLAMENTI
  • YANGILIKLAR
    • ARXIV YANGILIKLARI
  • ME’YORIY HUJJATLAR
    • O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNLARI
    • ME’YORIY USLUBIY HUJJATLAR
    • ARIZA VA BLANKLAR SHAKLLARI
    • KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH
  • BOG’LANISH
    • VILOYAT ARXIV MANZILLARI
Jizzax viloyati Arxiv ishi hududiy boshqarmasi
  • BOSH SAHIFA
  • BIZ HAQIMIZDA
    • ARXIV NIZOMI
    • RAHBARIYAT
    • SHAXSIY TARKIB HUJJATLARI MA’LUMOTLAR BAZASI
    • BOSHQARMA REGLAMENTI
  • YANGILIKLAR
    • ARXIV YANGILIKLARI
  • ME’YORIY HUJJATLAR
    • O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNLARI
    • ME’YORIY USLUBIY HUJJATLAR
    • ARIZA VA BLANKLAR SHAKLLARI
    • KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH
  • BOG’LANISH
    • VILOYAT ARXIV MANZILLARI
Natija yo'q
Barcha natijalarni ko'rish
Jizzax viloyati Arxiv ishi hududiy boshqarmasi
Natija yo'q
Barcha natijalarni ko'rish
Bosh sahifa ARXIV YANGILIKLARI

TIL – MILLAT MA’NAVIYaTINING MUQADDAS KO‘ZGUSIDIR!

tomonidan archive
12.11.2020
ichida ARXIV YANGILIKLARI
TIL – MILLAT MA’NAVIYaTINING MUQADDAS KO‘ZGUSIDIR!
153
Ulashish
1.9k
Ko'rishlar
Share on FacebookShare on Twitter

Til insonlarning o‘zaro aloqa vositasi bo‘lib, yaratuvchining insonga bergan bebaho ne’matidir. Dunyoda har bir xalqning o‘z ona tili uning bebaho boyligi, iftixori hisoblanadi. Hikmatli so‘zlar, she’ru dostonlar, qo‘shiqlar, avvalo millatning ona tilida dunyoga keladi. Millat bor ekan, uning tili ham yashaydi, tili yashar ekan u millat boshqa millatlar orasida o‘z nufuzi, obro‘siga ega bo‘ladi.
1989 yil 21 oktyar. Bu qutlug‘ kun O‘zbekiston tarixiga, o‘zbek millati yilnomasiga zarhal harflar bilan bitildi. “Davlat tili haqida”gi qonun qabul qilindi.  Bu qonun avlodlarimiz asrlar bo‘yi orzu qilgan,  ammo orzulari sarobga aylanib qolgan davrlarda momaqaldiroqdek guldirab, chaqmoqdek chaqib, yuzaga keldi. U Mustaqilligimiz sari qo‘yilgan eng  dadil qadam edi.  Bu qonunning  qabul qilinishi oson kechmagan. Shuni ta’kidlash kerakki, o‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi xalqimizning milliy mustaqillikka erishish yo‘lidagi muhim qadamlaridan biri bo‘lgan edi-desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. O‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi xalqimiz ruhini ko‘tardi.O‘zbek tilining xalqaro miqyosda obro‘sini oshirdi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlat tilining maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlab qo‘yildi. “Davlat tili haqida”gi qonun ona tilimizning bor go‘zalligi va jozibasini to‘la namoyon etish bilan birga, uni ilmiy asosda rivojlantirish borasida ham keng imkoniyatlar yaratdi. Olimlar va mutaxassislar tomonidan ilm-fan va turli sohalarga oid ensiklopediya va lug‘atlar, darslik va o‘quv qo‘llanmalari chop etildi. Mumtoz adabiyotimiz namunalari, fan, texnika, sanoat, madaniyat va boshqa sohalarga oid atamalarni, shevalarda qo‘llaniladigan so‘zlarni o‘z ichiga olgan besh jildlik “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” yaratildi.
Til insonning birlamchi ehtiyoji, anglash, bilish, so‘zlash, aloqa-munosabat vositasi bo‘lgani bois hamisha jamiyat ravnaqining asosiy mezonlaridan biri bo‘lib kelgan. Jumladan, o‘zbek tili o‘zbek millatining uzoq tarixiy ildizlariga, o‘z siyosiy-huquqiy asoslariga ega muqaddas qadriyati, ulkan ma’naviy yutug‘idir. Bugungi kunga qadar shonli va sharafli yo‘llarni bosib, keskin va shiddatli to‘fonlarni yengib kelayotgan milliy tilimiz davlat maqomida yanada ulug‘vor va ustuvorligini namoyon qilib kelmoqda. Chunki tilni asrash, rivojlantirish – millatning yuksalishi demakdir. Til – millat qiyofasining bir bo‘lagi, aynan til tufayli xalq va elatlarning madaniyati, urf-odatlari saqlanib qoladi, sayyoramizda yashayotgan xalqlarning o‘tmishi va madaniyati hurmat qilinadi.
Shu o‘rinda Muhtaram yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyevning «Kimda-kim o‘zbek tilining bor latofatini, jozibasi va ta’sir kuchini, cheksiz imkoniyatlarini his qilmoqchi bo‘lsa, munis onalarimizning allalarini, ming yillik dostonlarimizni, o‘lmas maqomlarimizni eshitsin, baxshi va hofizlarimizning sehrli qo‘shiqlariga quloq tutsin» degan so‘zlaridan shuni anglab yetishimiz kerakki, til har bir millat madaniyatining o‘zagi, u xalq taraqqiyoti va kelajagini belgilaydigan, birlashtiradigan, tarbiyalaydigan, o‘qitadigan, urf-odat, ananalarini saqlaydigan asosiy vosita ekanligini har birimiz chuqur anglab,ona tilimizning xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini yuksaltirishda, uni milliy va umumbashariy tushunchalar asosida taraqqiy etgan tillar safiga qo‘shishda chuqur hurmat bilan yondashimiz kerak. Bu bizning kelajak oldidagi vazifamiz va burchimizdir. Chunki tilsiz hech bir millat to‘laqonli xalq bo‘la olmaydi. Usiz Vatanning erki yo‘q. Davlatimiz rahbarining e’tibori, bu qutlug‘ sanani eng yuksak darajada nishonlash bo‘yicha bergan ko‘rsatmalari o‘zbek tilining nufuzini, uning ahamiyatini yanada oshiradi, deb o‘ylaymiz. Hammamizga millatimizning qutlug‘ o‘zbek tili bayrami muborak bo‘lsin.


Manba : «Ўзархив» агентлиги Ахборот хизмати

  • Trendda
  • Izohlar
  • Oxirgi
JIZZAX VILOYATI DAVLAT ARXIVLARI FAOLIYATI

JIZZAX VILOYATI DAVLAT ARXIVLARI FAOLIYATI

15.04.2019
Ёшлар иттифоқи бошланғич ташкилоти етакчиси ҳар ерда фаол !

Ёшлар иттифоқи бошланғич ташкилоти етакчиси ҳар ерда фаол !

21.02.2019
«Book challenge». Kazakov Azamat shaxsiy kitoblar to`plamini maktabga sovg`a qildi

«Book challenge». Kazakov Azamat shaxsiy kitoblar to`plamini maktabga sovg`a qildi

08.04.2019
Fotoreportaj: Andijon xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan harbiy vatanparvarlik oyligi joylarda keng nishonlamoqda

Fotoreportaj: Andijon xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan harbiy vatanparvarlik oyligi joylarda keng nishonlamoqda

10.01.2019

Andijon viloyati arxiv ishi boshkarmasi boshligi Sh.Xaydarovning 2018 yil 12 oktyabr kuni Kurgontepa tuman Davlat arxivida sayyor kabuli o‘tkazildi

0

Buxoro viloyat Peshko‘ tumani davlat arxivida sayyor qabul o‘tkazildi

0

“lnfolib Uzbekistan” VII Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida “Moddiy-madaniy meros obyektlarining o‘zaro integratsiyasi” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi

0

BIRLASHGAN ARAB AMIRLIKLARI VAKILLARINING O‘ZBEKISTON DAVLAT ARXIVLARIGA TASHRIFI

0
Бугун 26 февраль 2021 йил  Жиззах вилоят Архив иши ҳудудий бошқармаси бошлиғи А.О.Казаков иштирокида Ғаллаорол туман давлат архивида сайёр қабул ташкил этилди.

Бугун 26 февраль 2021 йил Жиззах вилоят Архив иши ҳудудий бошқармаси бошлиғи А.О.Казаков иштирокида Ғаллаорол туман давлат архивида сайёр қабул ташкил этилди.

26.02.2021
RAHBARIYAT

Joriy yilning 26-fevral kuni soat 11:00 da Jizzax viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig’i boshchiligida, G’allaorol tuman davlat arxivida «Sayyor qabul» tashkil etiladi!

19.02.2021
Jizzax viloyatida tashkil qilingan yozuvchilar uyushmasi delegatsiyasiyasini kutib olish jarayonidan lavha. Delegatsiya orasida xalqimizning suyukli shoiri Erkin Vohidov ham tashrif buyurgan. Ushbu surat bugungi kunda Jizzax viloyat SHarof Rashidov tuman davlat arxivida saqlanmoqda.

Jizzax viloyatida tashkil qilingan yozuvchilar uyushmasi delegatsiyasiyasini kutib olish jarayonidan lavha. Delegatsiya orasida xalqimizning suyukli shoiri Erkin Vohidov ham tashrif buyurgan. Ushbu surat bugungi kunda Jizzax viloyat SHarof Rashidov tuman davlat arxivida saqlanmoqda.

19.02.2021
2021 йил 4 февраль куни Жиззах вилоят Aрхив иши ҳудудий бошқармаси томонидан бошқарма ҳамда тизимдаги давлат архивларида 2020 йилда Aрхив иши ва иш юритиш бўйича амалга оширилган ишлари ҳамда 2021 йилда режалаштирилган ишлар юзасидан матбуот анжумани ўтказилди. Тадбир Жиззах Политехника институти мажлислар залида Жиззах шахар телерадио канали “Замин ахборот теледастури” билан ҳамкорликда ташкил етилди.

16.02.2021

BOG’LANISH

Jizzax viloyat arxiv ishi xududiy boshkarmasi

Bizning manzil: Jizzax shaxri Narimonov-78

Telefon raqami:  0372 226-36-24

Faks raqami:  0372 226-36-24

Elektron manzil:

© 2019 - Barcha Huquqlar Himoyalangan. Sayt yaratuvchisi: COMPASS GROUP

Natija yo'q
Barcha natijalarni ko'rish
  • BOSH SAHIFA

© 2019 - Barcha Huquqlar Himoyalangan. Sayt yaratuvchisi: COMPASS GROUP